EUROPAGES — korxonalarning tovar va xizmatlarini yurgizish, hamda Yevropa va dunyo bo‘ylab biznes hamkorlarni izlashga ixtisoslashgan xalqaro raqamli platforma. EUROPAGES 1982-yildan buyon korxonalarning biznesini rivojlantirishga faol ravishda yordamlashib kelmoqda.
EUROPAGES to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni europages.comsaytida topish mumkin.
EUROPAGES biznesingiz xalqaro bozorda tanilishiga yordamlashadi:
EUROPAGES – B2B segmentidagi ixtisoslashgan platforma, ya’ni platformaning texnologiyalari, auditoriya va asosiy so‘zlar B2B ning o‘ziga xos xususiyatlariga yo‘naltirilgan.
EUROPAGES platformasi 78% Yevropalik bo‘lgan, 3 000 000 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va distribyutorlarni qamrab oladi.
EUROPAGES ni har oyda 2 milliondan ortiq noyob xaridorlar ko‘rib chiqadilar. Xaridorlarning murojaatlaridan 68% Yevropadan, 15% – Arab mamlakatlari, 10% – Afrika va Lotin Amerikasidan kelib tushadi.
EUROPAGES yordamida korxonalarda o‘z bizneslarini xalqaro ko‘lamda, potentsial xaridorlarga, ularning ona tillarida taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ladi. EUROPAGES sahifalarida mijoz-kompaniyaning mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 15 xil tilda joylashtiriladi (jumladan, barcha eng ko‘p foydalaniladigan yevropa tillari, arab, turk, xitoy va boshqa tillar).
EUROPAGES – B2B segmentida Googlening premium darajadagi hamkoridir, bu EUROPAGES mijozlariga xaridorning ona tilida Google qidiruvlari natijalarining ilk sahifalarida bo‘lish imkonini beradi.
EUROPAGES bilan ishlash afzalliklari:
To‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro B2B bozoriga chiqish
Savdo hajmi o‘sishi va sifatli mijozlarni jalb etish
Kompaniyangiz Yevropa va dunyomiqyosidagi eng yuqori marjali bozorlarda taqdim etiladi
EUROPAGES bilan kompaniyangiz xaridorning tilida Google qidiruvlari natijalarining eng yuqorisiga aks etadi
Sarmoyalarning yuqori samaradorligi
Yuqoridagilarning barchasi EUROPAGESni B2B bozorida elektron tijorat yo‘nalishida eng mukammalmaydonchaga aylantiradi.
GRAND GECTOR Estoniya, Latviya, Litva, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston uchun EUROPAGES va WLW platformalarining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.
Biz ushbu mamlakatlarning eksport qiluvchi kompaniyalariga hamkorlarni izlash va oʻz bizneslarini rivojlantirish maqsadida,EUROPAGES sahifasida maʼlumotlarni joylashtirish imkonini beramiz. Kompaniyamiz biznesingiz haqidagi ma’lumotlarni sahifalarimizga joylashtirish jarayonida har tomonlama yordam ko‘rsatadi.
Potentsial mijozlaringiz sizni topa olishlari uchun biz bilan bog‘laning va EUROPAGES da akkaunt yarating, biz esa, hamkorligimizning har bir yilida maksimal samaraga erishishingiz uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz.